Isroil va AQSh rasmiylariga ko‘ra, Eronning yangi oliy rahbari Mojtabo Xominaiy yaralangan. The New York Times yozishicha, aynan shuning uchun ham Mojtabo Xominaiy oliy yetakchi lavozimiga saylangani e’lon qilinganidan keyin ommaga ko‘rinish bermagan.
Isroil manbalari Mojtabo Xominaiy AQSh va Isroilning Eron bilan urushining birinchi kunida, otasi oyatulloh Ali Xominaiy o‘ldirilganda oyog‘idan yaralanganini bildirgan.
The New York Times’ning Erondagi manbalari ham kichik Xominaiy jarohat olganini ma’lum qilgan, biroq qachon va qanday holatda jarohatlanganiga aniqlik kiritmagan.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonning o‘g‘li, otasi ma’muriyatida maslahatchi lavozimida ishlaydigan Yusuf esa Mojtabo Xominaiyning ahvoli yaxshi ekanini e’lon qildi.