Bugun 6 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichida yashiringan holda topildi

Navoiyda alimentdan qarzdor ota tandir ichida yashiringan holda topildi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida aliment to‘lovlaridan bo‘yin tovlab yurgan erkak Majburiy ijro byurosi (MIB) xodimlari tomonidan tandir ichida yashiringan holda aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaroning aliment bo‘yicha qarzi qariyb 71 million so‘mga yetgan. Qarzdorni aniqlash va ijro hujjatini ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan qidiruv tadbirlari davomida u oshxonalardan birida joylashgan tandir ichiga yashirinib olgani ma’lum bo‘lgan.

MIB xodimlari tomonidan erkakning yashiringan joyi aniqlanib, u qo‘lga olingan.

Mas’ul idora ma’lumotiga ko‘ra, aliment to‘lovidan qasddan bo‘yin tovlash holatlariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘riladi. Shuningdek, aliment undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlarining o‘z vaqtida bajarilishi davlat nazoratida ekani ta’kidlandi.

Ushbu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘plab foydalanuvchilarning e’tiborini tortdi.

Kiritildi: 21:51 05.06.2026. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!