O‘zenergoinspeksiya Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Nurota tumanida joylashgan “J. M.” MCHJga qarashli toshni qayta ishlash seksida hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 803,2 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovgacha tekshiruv ishlari olib borilmoqda.