Navoiy viloyatida ichida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Yo‘l-transport hodisasi haydovchining rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Hodisa natijasida ikki nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Turli darajadagi tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizildi.