“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov o‘tkazgan tanqidiy yig‘ilishda yo‘l qo‘ygan jiddiy kamchiliklari uchun Termiz, Jizzax, Maroqand hamda Kuchlik neft bazalari rahbarlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.
Qayd etilishicha, yig‘ilishda neft bazalar rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etgan. Unda neft bazalar faoliyatini sog‘lomlashtirish, moliyaviy-intizomiy holatni yaxshilash, soliq yukini optimallashtirish, ishchi-xizmatchilar uchun munosib mehnat sharoitlari yaratish hamda o‘rtacha ish haqini oshirish masalalari muhokama qilingan.
Yig‘ilishda aholiga halollik, poklik va ochiqlik tamoyillari asosida xizmat ko‘rsatish orqali sifatli neft mahsulotlarini yetkazib berish ustivor masalalar bo‘lishi lozimligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Abdug‘ani Sanginov o‘tgan oyda «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi etib tayinlangandi.