Yaponiyada real o‘rtacha ish haqi o‘tgan yilning noyabr oyida 2024 yil darajasiga nisbatan 2,8 foizga qisqardi. Bu ma’lumot mamlakat hukumati hisobotida keltirildi.
O‘tgan noyabrda Yaponiyada o‘rtacha ish haqi 0,5 foizga oshgan, biroq bu 2024 yilga nisbatan 3,3 foizga ko‘tarilgan narxlar o‘sishini qoplamadi. Eng ko‘p oziq-ovqat va elektr energiyasi qimmatlashdi.
Mamlakat kasaba uyushmalari bahorda xususiy biznes vakillari bilan ish haqi bo‘yicha an’anaviy muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvda maoshlarni 5 foizdan ko‘proqqa oshirishni muhokama qilish rejalashtirilgan. Hozirda Yaponiyada o‘rtacha ish haqi 310 ming iyena (1 980 dollar)dan sal ko‘proqni tashkil etmoqda.