Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Erondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni keskin ortib bormoqda

Erondagi namoyishlarda halok bo‘lganlar soni keskin ortib bormoqda

Eron janubi-g‘arbidagi Lordegan va Baxtiyor shaharlarida xavfsizlik kuchlariga qarshi namoyishchilarning qurolli hujumi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, 30 kishi yaralandi.

Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, namoyishlar avjiga chiqqan paytda bir necha kishi polisiyaga qarata o‘q uzishni boshlagan. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar bir qancha hukumat binolariga ham zarar yetkazgan.

Eron hukumati avvalroq aholining norozilik namoyish qilish huquqini tan olishini bildirgan, biroq ular tartibsizliklarga aylanmasligi kerakligini ta’kidlagan.

Eronda milliy valyutaning qadrsizlanishi tufayli 2025 yil dekabr oyi oxirida namoyishlar boshlangan. Shundan so‘ng Eron Markaziy banki rahbari Muhammad Farzin iste’foga chiqdi. Yangi gubernator etib Abdulnosir Xemmatiy tayinlandi.

Eronning bir qancha shaharlarida norozilik namoyishlari polisiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib, hukumatga qarshi shiorlar bilan kechdi. Namoyishlar chog‘ida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi.

Kiritildi: 07:30 08.01.2026. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!