Minnesota shtatining Minneapolis shahrida norozilik namoyishlari boshlandi, u yerda AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) xodimlari mashina haydab ketayotgan ayolni otib o‘ldirdi.
Bu haqda mahalliy OAV xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, namoyishchilar polisiya xodimlari va ICE agentlarini voqea sodir bo‘lgan hududdan siqib chiqarmoqda. Ular huquq-tartibot idoralari xodimlariga qor to‘plarini uloqtirib, transport vositalarini mushtlamoqda. Namoyishchilardan biri Amerika bayrog‘ini yoqib yubordi.
O‘z navbatida, AQSh prezidenti Donald Tramp bu hodisani huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilib, ICE agentlarini har kuni ta’qib qiluvchi chap radikallarning tajovuzkor xatti-harakatlari natijasi deb atadi.
"Biz huquq-tartibot xodimlarini radikal so‘llarning bu zo‘ravonlik va nafrat harakatidan qo‘llab-quvvatlashimiz va himoya qilishimiz kerak", dedi Amerika rahbari.
AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ayol ICE agenti tomonidan otib o‘ldirilganini tasdiqladi. Departament kotibi Kristi Noem voqeani "ichki terrorizm akti" deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "majburiy operasiya" o‘tkazayotgan ICE xodimlari noqulay ob-havo sharoiti tufayli qorda qolib ketishgan va o‘z avtomobillarini itarib yubormoqchi bo‘lishgan, "bir ayol ularga va boshqalarga hujum qilib, ularni urmoqchi bo‘lgan". Qurbon 37 yoshli AQSh fuqarosi bo‘lgan.