Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Navoiy viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi

Navoiy viloyatida 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘lari talon-toroj qilindi



Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Navoiysuvqurilishinvest” DM, Quyi Zarafshon irrigasiya tizimi Havza boshqarmasi huzuridagi meliorativ ekspedisiya, “N.S.” va “B.Z.” MCHJlar mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, shartnomalarga asosan “DIVER” qurilmalari uchun to‘lovlar to‘liq amalga oshirilgan bo‘lsa-da, qo‘shib yozish natijasida 1,3 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 334 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!