AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) qo‘mondoni admiral Bred Kuper Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi.
Bu haqda Al Jazeera telekanali ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Kuperning tashrifi hutiy isyonchilarining Yamandagi so‘nggi harakatlari va ularning hujumlari fonida muvofiqlashtirish zarurati bilan bog‘liq.
Xutiylar ilgari Qizil dengiz sohilidagi bir nechta strategik muhim ob’ektlarni, jumladan, Mocha port shahri va Bab el-Mandeb bo‘g‘ozidagi Mayun orolini egallab olishgan.