Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushida yarim mln nafar rossiyalik harbiy halok bo‘lgan. Bu haqda Britaniya Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Rich Nayton jurnalistlar bilan muloqotda ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2022 yil fevraldan buyon yaradorlarni ham hisobga olganda, Rossiyaning umumiy harbiy yo‘qotishlari 1,5 mln nafar atrofida baholanmoqda. U yo‘qotishlarning mutlaq aksariyati 2023 yil yanvaridan keyingi davrga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi.
«Menimcha, bu raqamlar shunchalik kichik siljish uchun inson hayotining ma’nosiz va behuda sarflanayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi», — dedi u.
Nayton, shuningdek, urush Rossiya iqtisodiyotiga ham ta’sir qilganini aytdi.
«Rossiya iqtisodiyoti, aholining farovonligi va kelajagi uchun yo‘qotishlar ulkan», — deya qo‘shimcha qildi Nayton.