Yamandagi qurolli guruhlar turli xil ballistik raketalarni yaratish uchun Claude sun’iy intellekt modelidan foydalanishga urinishgan.
Claude ishlab chiqaruvchisi Anthropic bu haqda kiberxavfsizlik hisobotida ma’lum qilgan. Hisobotda bu haqda aniq aytilmagan bo‘lsa-da, u Hutiy guruhlariga ishora qiladi.
Unda Yamanda Claudedan "uchta qurol dasturini ishlab chiqishda" foydalanishga urinish bo‘lgani ta’kidlangan. Kompaniyaning ma’lumotlariga ko‘ra, model, xususan, ballistik raketalarni boshqarish, navigasiya, boshqarish va barqarorlashtirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqishda ishlatilgan. Ba’zi hollarda Claude raketa parvozini simulyasiya qilish uchun ham ishlatilgan.
Hisobotda Anthropic ushbu so‘rovlarning aksariyatini bloklagani, ammo ba’zilari uning xavfsizlik tizimidan o‘tgani aytilgan. Kompaniya buni qisman raketa yaratuvchilarining o‘z harakatlarini yashirishga urinishi bilan bog‘laydi - masalan, so‘rovlarni raketa sifatida aniqlashni qiyinlashtirish uchun bir nechta sessiyalarga bo‘lish orqali.
Xuddi shu hisobotda Anthropic rus va xitoylik xakerlar tomonidan Claudedan foydalanilgani haqida xabar bergan. Ishlab chiquvchi Claudedan o‘qotar qurollar, raketalar, dronlar, bombalar, biologik qurollar va boshqa turdagi qurol va o‘q-dorilar yaratish uchun foydalanishga qaratilgan ko‘plab urinishlarni aniqlaganini va to‘xtatganini ta’kidlaydi.