Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida poraxo‘rlar ushlandi (video)

Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida poraxo‘rlar ushlandi (video)

1️⃣ Navoiy viloyati Qiziltepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, “my.gov.uz” yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali kelib tushgan murojaatga asosan, tumandagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksining yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqida ijobiy xulosa berish evaziga 3000 AQSh dollari talab qiladi.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur mansabdor shaxs ushbu pul mablag‘ini o‘zining xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

⚖️ Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

2️⃣ Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Jarqo‘rg‘on tuman Majburiy ijro bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari va davlat ijrochisi o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda, bo‘lim ish yurituvida bo‘lgan ijro ishi doirasida 1993 y.t. fuqaroga nisbatan xorijga chiqishga qo‘yilgan ta’qiqni bekor qilib berish uchun 600 AQSh dollari hamda paxta va g‘alla yetishtiriga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka nisbatan yuritilgan ijro ishi doirasida xo‘jalikning yer maydonlarini auksion savdolarga chiqarmaslik evaziga 10 mln so‘m olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dallillar bilan ushlandi.

⚖️ Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

3️⃣ Bu kabi qonunbuzilishi Toshkent shahrida ham qayd etilib, unda, xizmat mavqeilaridan foydalangan holda mo‘maygina daromad topishni reja qilgan advokatlik byurosi advokati hamda advokatlik hay’ati advokatining noqonuniy harakatlari fosh etildi.

Xususan, ular Uchtepa tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Tergov bo‘limi tomonidan Olmazor tumanida yashovchi, 1989 y.t. fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida unga qo‘llanilgan qamoqqa ehtiyot chorasini tanishlari orqali uy qamog‘i ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berish evaziga 14 ming AQSh dollari talab qilishadi.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida Olmazor tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

⚖️ Hozirda ushbu ikki advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-modddasi 3-qismi “a,v” bandlari va 28 orqali 211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

❗️Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, xizmat mavqeini suiiste’mol qilgan holda, o‘zganing pul mablag‘ini o‘zlashtirish orqali boyib ketish hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi.

Aksincha, amaldagi qonunchilikka muvofiq, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Agarda siz o‘z yaqinlaringizni tinch-xotirjamlikda hayot kechirishini, sizdan doimo faxrlanib yurishlarini xohlasangiz, korrupsiya domiga tushib qolishdan o‘zingizni saqlang. Ogoh bo‘ling!

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!