Bugun 19 oktyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Meni davrimda o‘ng populistik partiya bilan hech qanday hamkorlik bo‘lmaydi"

"Meni davrimda o‘ng populistik partiya bilan hech qanday hamkorlik bo‘lmaydi"

Germaniya kansleri Fridrix Mers Meshede shahrida fuqarolar bilan muloqot chog‘ida Yevropa Ittifoqi, Yevrohudud, NATO va harbiy majburiyatlarga qarshi chiqayotgan o‘ng populistik “Germaniya uchun muqobil” partiyasi "Germaniyani so‘nggi sakson yil davomida buyuk va kuchli qilgan barcha narsani shubha ostiga qo‘yayotgani"ni ta’kidladi.

"Bu Germaniya uchun muqobil emas, bu boshqacha Germaniya uchun partiya", – dedi Mers.

Shu bilan birga, kansler ushbu partiyani sud orqali taqiqlashga qarshi chiqdi. Buning o‘rniga, Mers nemis saylovchilariga "keyingi saylovlarda bu partiyaga ovoz berish haqida o‘ylamasliklari uchun yaxshi taklif" berish zarurligini aytdi.

Kiritildi: 23:24 18.10.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!