Chet elda doimiy yashovchi amerikaliklar siyosiy sabablarga ko‘ra AQSh fuqaroligidan tobora ko‘proq voz kechmoqda.
Bu haqda The Washington Post (WP) nashri xabar berdi.
Gazetaning iqtibos keltirgan immigrasiya bo‘yicha advokatlari har yili 5-6 ming amerikalik fuqaroligidan voz kechishini ta’kidladi. Advokatlar keltirgan sabablar orasida soliq va logistika masalalari bor, biroq yaqinda AQShning siyosiy yo‘nalishidan norozilik bu qarorning asosiy omiliga aylandi.
Nashr, shuningdek, Greenback xalqaro konsalting firmasining so‘roviga asoslanib, amerikaliklarning 51 foizi 2024-2025 yillar oralig‘ida mamlakatdagi siyosiy vaziyatga rozi bo‘lmagani uchun AQSh fuqaroligidan voz kechish haqida o‘ylashini ko‘rsatgan.