Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Navoiy nomida xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Navoiy nomida xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi.

Hukumat qarori (250-son, 18.05.2026 y.) bilan «Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida» gi nizom tasdiqlandi.

Nizom Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, xalqaro olimpiadada 14-18 yoshdagi chet elda istiqomat qiluvchi vatandosh bo‘lgan maktab o‘quvchilari yakka yoki jamoaviy tarzda ixtiyoriy ravishda ishtirok etadi.

Xalqaro olimpiada har yili oktyabr oyigacha 2 bosqichda (test topshiriqlari va yozma ish shaklida) o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar jamoaviy yoki yakka tartibda offlayn va onlayn shaklda ishtirok etishlari mumkin.

Xorijiy davlat terma jamoalari tarkibi 6 nafargacha ishtirokchi va 1 nafar jamoa rahbaridan iborat bo‘ladi.

1 ta davlatdan 3 tagacha terma jamoa ishtirok etishiga ruxsat beriladi.

1-bosqichda (test) ishtirokchilar umumiy 50 ball bilan baholanadigan 30 ta test topshiriqlarini bajaradilar.

2-bosqichda (yozma ish) ishtirokchilar Hakamlar hay’ati tomonidan taqdim etilgan 5 tagacha yozma ish (esse) mavzulari orasidan qur’a tashlash yo‘li bilan tanlangan 1 ta mavzu asosida ijodiy ish yozadilar.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari oltin, kumush, bronza medallari, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Kiritildi: 22:02 18.05.2026. O'qildi: 126 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!