Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Kuba jangovar dronlar sotib oldi

Kuba jangovar dronlar sotib oldi

Kuba jangovar dronlar sotib oldi va ulardan AQShga qarshi foydalanish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Nashrining maxfiy razvedka ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, Kuba 300 dan ortiq harbiy dron xarid qilgan va yaqinda ushbu dronlardan Qo‘shma Shtatlarning Guantanamodagi bazasi, AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kemalari hamda, ehtimol, Gavanadan 150 km shimolda joylashgan Florida shtatidagi Ki-Uest shahriga zarba berish rejalarini muhokama qilishga kirishgan.

Axios manbasining so‘zlariga ko‘ra, Kuba rasmiylari bahorda Rossiyaga qo‘shimcha dronlar va harbiy texnika yetkazib berishni so‘rab murojaat qilgan.

"Bunday razvedka ma’lumotlari Kubani tahdid deb hisoblaydigan AQSh ma’muriyatini xavotirga solmay qo‘ymaydi. Shuningdek, Vashington bundan Kubaga qarshi harbiy harakatlar boshlash uchun bahona sifatida foydalanishi mumkin", deya yozmoqda nashr yuqori martabali manbasiga tayanib.

"AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Retkliff payshanba kuni Kubaga tashrif buyurdi va mamlakat rasmiylarini keskin ohangda ogohlantirib, orol ortiq G‘arbiy yarim sharda dushmanona rejalarni ilgari surishga urinayotgan raqiblar uchun platforma bo‘lib xizmat qila olmasligini ma’lum qildi", — deya ma’lum qildi Markaziy razvedka boshqarmasi xodimlaridan biri.

Kiritildi: Bugun 07:55. O'qildi: 393 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!