Bilasizmi, bugungi barchamiz uchun qulay bo‘lgan quloqchinlar (naushniklar) birinchi bo‘lib qachon va kim tomonidan ishlab chiqilgan?
Quloqchinlarning dastlabki shakli, bundan II asr avval, ya’ni XIX asrda kashf etilgan. Qizig‘i, F. Shou 1882 yilda boshga kiyish mumkin bo‘lgan telefon qurilmasini ixtiro qilish bilan quloqchindan foydalanish g‘oyasini o‘ylab topgan bo‘lsada, amalda shaklan quloqchinni ishlab chiqarmagan. Biroq, 1891 yilga kelib, fransuz muhandisi Ernest Merkadye birinchi quloqchin - naushnikni ixtiro qildi. Shu sababli, F.Shou emas, balki E.Markadye bugungi kunda naushniklar ixtirochisi hisoblanadi.