Shvesiya mudofaa vaziri Pol Yonson mamlakat hududida yadroviy qurollar joylashtirilishi ehtimolini istisno qilmadi.
Uning Shvesiya radiosiga bergan bayonotiga ko‘ra, agar qirollikda harbiy holat e’lon qilinsa, Shvesiya o‘z hududida yadroviy qurollarni joylashtirishga ruxsat berishi mumkin.
«Agar urush boshlansa, biz Shvesiyaning omon qolishi va shvedlar xavfsizligini ta’minlaydigan har qanday choraga tayyor bo‘lamiz», dedi vazir.
Shvesiya yaqinda NATOga qo‘shilgan eng yangi a’zolardan biri hisoblanadi.