AQShning sobiq davlat kotibi Hillari Klinton Epshteyn ishini nazorat qilish yuzasidan Vakillar palatasi Qo‘mitasi oldida guvohlik berayotganda moliyachi va sudlangan pedofilning jinoyatlari haqida hech narsa bilmasligini ma’lum qildi va amaldagi Oq uy rahbarini guvoh sifatida chaqirishni talab qildi.
“Men Epshteyn bilan hech qachon uchrashganimni eslay olmayman. Men uning samolyotida uchmaganman va uning oroliga, uylariga yoki ofislariga bormaganman. Menda bu borada qo‘shimcha ma’lumotlar yo‘q,” — deyiladi Klintonning X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilingan bayonotida.
Klinton agar qo‘mita Epshteyn bilan bog‘liq inson savdosi jinoyatlari haqidagi haqiqatni jiddiy o‘rganmoqchi bo‘lsa, u amaldagi prezidentning bu ishga aloqadorligini aniqlash uchun jurnalistlarga tayanmasdan, uning o‘zidan Epshteyn ishida nega nomi tilga olinganini so‘rashi kerakligini qo‘shimcha qildi.