Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuzaga kelgan texnogen holatni bartaraf etish ishlari davom etmoqda.
Uzbekneftegaz Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov konda bo‘lib, vaziyatni joyida o‘rgandi va xavfsizlik choralari bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, avariya oqibatlarini bartaraf etish uchun CNPC hamda Schlumberger kabi nufuzli xalqaro kompaniyalar ekspertlarini jalb etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Ilg‘or texnologiyalar asosida kondagi vaziyatni barqarorlashtirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.