Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlanishi ortidan 10 kishi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda bolalar ommaviy zaharlanishi ortidan 10 kishi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatining bir qator bog‘chalarida salkam ikki ming nafar bola zaharlanishi bilan bog‘liq holat yuzasidan 10 kishi qamoqqa olindi. Bu haqda 27 fevral kuni Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2025 yil sentyabr oyida Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlaridagi bog‘cha tarbiyalanuvchilarining zaharlanishiga oid jinoyat ishi bo‘yicha 11 kishi ayblanmoqda. Ularning bir nafariga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Ayblanayotganlar ro‘yxati:
R. O. — Shark Milk Product MCHJ direktori,
S. S. — Shark Milk Product MCHJ ta’sischisi va sotuv bo‘limi menejeri,
F. O. —Shark Milk Product MCHJ ta’sischisi va direktori o‘rinbosari,
A. S. — Shark Milk Product MCHJ bosh texnologi,
R. X. — Shark Milk Product MCHJ texnologi,
M. N. — Shark Milk Product MCHJ texnologi yordamchisi,
J. X. — Governess Business MCHJ direktori,
F. D. — Kinder Garden Group MCHJ direktori,
I. S. — Innovation Outsourcing Service MCHJ direktori,
B. R. — “Nishon Invest” MCHJ direktori,
D. Q. — Shark Milk Product MCHJ laboranti.

Ularga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan bo‘lib, ayni paytda jinoyat ishini ko‘rishni tayinlash masalasi o‘rganilmoqda.

Ushbu shaxslar Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) 4-qismi “b” bandi va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:55. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!