NATO Xitoy harbiy-sanoat kompleksiga kiritilayotgan sarmoyalardan va uning armiyasi kuchayayotganidan hayratda. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Ryutte Japan Times bilan suhbatda ma’lum qildi.
«XXR o‘z harbiy-sanoat kompleksini kuchaytirayotganini nazarda tutsak, biz Xitoyga nisbatan yondashuvlarda ishonuvchan bo‘lishimiz mumkin emas», — dedi Ryutte.
Uning ta’kidlashicha, XXRning kemalari AQShnikidan ko‘p, Pekin 2030 yilgacha yadroviy kallaklari sonini mingtaga yetkazadi.
Ryutte Xitoyni Vashingtonning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi sheriklariga qarshi «isyonchi» deya ta’rifladi.