24—25 iyun kunlari Gaagada bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida Yaqin Sharqdagi vaziyat muhokama qilinmaydi, deb yozadi TASS.
Xabarda aytilishicha, hozircha harbiy alnsga a’zo davlatlar rahbarlari bu masalani muhokama qilish uchun rasmiy reja tuzmagan. Biroq, ba’zi manbalar ta’kidlaganidek, AQSh prezidentining Eronga ehtimoliy hujum haqidagi izohlari uchrashuvga noaniqlik keltirmoqda. Alyans vakillari yig‘ilish aniq va rejali tarzda o‘tishiga umid qilishgan edi.
Sammit dasturi qisqartirildi. Bunga prezidentning Kanadadagi avvalgi sammitni erta tark etgani ham ta’sir ko‘rsatdi. Gaagadagi uchrashuv katta bayonot bilan emas, balki qisqa rasmiy e’lonlar bilan yakunlanadi.
Konferensiya jadvali faqat ikkita asosiy tadbirni o‘z ichiga oladi: tantanali qabul va uchrashuv. Avvalgidek ikki-uch uchrashuv bo‘lmaydi. Ukraina rahbari uchrashuvga emas, faqat rasmiy qabulga taklif qilingan. Bundan tashqari, Ukraina va NATO o‘rtasida uchrashuv bo‘lmaydi.
Manbalar ayrim davlat rahbarlari bu vaziyatdan foydalanib, harbiy xarajatlarni yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha oshirishni taklif qilishlari mumkinligini inkor etmaydi. AQSh rahbari bu talabni sammit chog‘ida ta’kidlab o‘tishi mumkin.