Bugun 9 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

NATO Rossiyani yadroviy mashg‘ulotlar xavf tug‘dirmasligiga ishontirishga urinmoqda

NATO Rossiyani yadroviy mashg‘ulotlar xavf tug‘dirmasligiga ishontirishga urinmoqda

NATO Italiyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan yadroviy mashg‘ulotlar Rossiya uchun hech qanday tahdid tug‘dirmasligiga Moskvani ishontirishga harakat qilmoqda.

Bu haqda Politico nashri xabar berdi.

Alyans bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik yuqori bo‘lib turgan bir paytda NATO mashg‘ulotlar hech qanday xavf tug‘dirmasligini ta’kidlamoqda.

NATOning yadroviy siyosat masalalari bo‘yicha direktori Nassima Barrouz Rossiyada ham, boshqa davlatlarda ham xavotirlanish uchun asos yo‘qligini bildirdi.

«Biz bu tadbirlarni har yili o‘tkazamiz... Xavotirlanish uchun hech qanday asos yo‘q», — dedi u.

Steadfast Noon nomli yadroviy mashg‘ulotlar 13–23 oktyabr kunlari Italiyada bo‘lib o‘tadi.

Har yili rejali tarzda o‘tkaziladigan mazkur mashg‘ulotlar kuchlarning shayligini saqlash, shuningdek, tiyib turish va mudofaa jarayonlarini mashq qilishga qaratilgan.

Kiritildi: Bugun 09:17. O'qildi: 277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!