Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

NATO Qora dengizda mudofaa choralarini kuchaytirishi mumkin — Mark Ryutte

NATO Qora dengizda mudofaa choralarini kuchaytirishi mumkin — Mark Ryutte

NATO bosh kotibi Mark Ryutte alyans Qora dengiz mintaqasida xavfsizlik vaziyatidan kelib chiqib, harbiy tiyib turish va mudofaa choralarini yanada kuchaytirishi mumkinligini ma’lum qildi.

Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

«Biz alyansning sharqiy qanotidagi ishtirokimizni allaqachon kuchaytirdik. Xavfsizlik sohasidagi vaziyatni kuzatishda davom etamiz va zarurat tug‘ilganda tiyib turish hamda mudofaa choralarimizni tegishlicha o‘zgartiramiz», — dedi Ryutte.

NATO bosh kotibi Qora dengizda savdo kemalariga qarshi so‘nggi hujumlar yuzasidan Bolgariya bosh vaziri Rumen Radev bilan muloqot qilganini ham ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, alyans mintaqadagi ittifoqchi davlatlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, 13 oktyabr kuni Bolgariya sohillari yaqinida ikkita savdo kemasi dronlar hujumiga uchradi. Ulardan biri cho‘kib ketgan, ikkinchisi esa shikastlangan.

Mazkur hodisalar ortidan Qora dengizda dengiz qatnovi xavfsizligini ta’minlash va harbiy kuzatuv choralarini kuchaytirish masalasi yana kun tartibiga chiqdi.

Kiritildi: 23:47 13.10.2026. O'qildi: 338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!