Xabar berilishicha, mashg‘ulotlarda Buyuk Britaniyaning HMS Prince of Wales aviatashuvchisi, Qo‘shma Shtatlarning 26 ta F-35 qiruvchilari hamda boshqa turdagi kemalar qatnashmoqda. Shuningdek, unda AQSH, Buyuk Britaniya, Polsha va Turkiya hamda jami o‘n mamlakat harbiylari ishtirok etmoqda.
"Harbiylar NATO'ning sharqiy qanotiga zarba berilgan holatda harakat qilish va global neft yetkazib berishning 30 foizi o‘tuvchi muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish bo‘yicha harakatlarni mashq qilmoqda", deyiladi alyans bayonotida.