Dastlab Trampning 28 banddan iborat tinchlik rejasi Ukrainadan barcha qo‘shinlar chiqarilishini va Donbassda “neytral demilitarizasiya qilingan bufer hudud” yaratish taklifini o‘z ichiga olgan edi, deb yozadi nashr.
Gazeta hududiy masalani "tinchlik kelishuvini izdan chiqarishi mumkin bo‘lgan jiddiy to‘siq", deb ataydi. Rossiya ham, AQSh ham Ukrainadan Donbassdan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqishni talab qilmoqda.
"Tramp ma’muriyati amaldorlari, jumladan AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, so‘nggi haftalarda ukrainaliklarni “hududlar almashinuvi”ga rozi bo‘lishga undab kelmoqda. Vashington buni “Kiyev va Moskva o‘rtasidagi istalgan tinchlik kelishuvi uchun muqarrar”, deb hisoblashmoqda", deyiladi Financial Times maqolasida.
Muzokaralarda ishtirok etayotgan ukrainalik amaldorlarning aytishicha, AQSh Koreya yarimorolini Shimoliy va Janubiy qismlarga ajratib turuvchi demilitarizasiya qilinganiga o‘xshash modelni ilgari surmoqda. Biroq Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiyning fikricha, bu barqaror tinchlikka emas, faqatgina “mojaroni vaqtincha muzlatish”ga olib keladi.