Bugun 12 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Oliy ta’lim vazirligi sudda yutqazdi

Oliy ta’lim vazirligi sudda yutqazdi

"PROFI UNIVERSITY"ga yurisprudensiya yo‘nalishi bo‘yicha berilgan lisenziya atrofidagi nizo yuzasidan vazirlik sudga murojaat qilgandi. Vazirlik 2025 yil 29 avgust kuni lisenziyalar yagona tizimida “texnik nosozlik” bo‘lgani va ayrim arizalar talab buzilgan holda tasdiqlab yuborilganini aytib, universitet lisenziyasini bekor qilishni so‘ragan.

Adliya vazirligi esa bu iddaoni rad etib, tizim aynan shu vaqtda ham shtat rejimida ishlaganini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi lisenziyani bekor qilish talabi bilan sudga da’vo kiritgan.

📄 2025 yil 24 oktyabr kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi vazirlikning da’vo arizasini rad etdi.

Kiritildi: 12:00 11.12.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!