Qamchiq dovonida 16 yoshli qiz osma dor yo‘lidan pastga quladi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea bugun, 11 dekabr kuni “Qor city” dam olish maskanida soat 11:00 dan o‘tganda sodir bo‘lgan.
Qiz bir necha daqiqa arqonda osilib turgan, biroq hech kim yordamga bormagan. Jabrlanuvchi hozirda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida davolanmoqda. Qizga “ko‘krak qafasi yopiq shikasti, bel soha yopiq shikasti, o‘ng oyoq yopiq sinishi tashxisi qo‘yilgan.