NASA olimlari 2032 yilda Oyga xavf solishi mumkin bo‘lgan 2024 YR4 asteroididan himoya choralarini muhokama qilmoqda.
🔹 Birinchi ssenariy — asteroid trayektoriyasini kichik og‘ish bilan o‘zgartirish. Bu to‘qnashuvning oldini olishi mumkin, ammo jismning aniq massasi hisobga olinmasa, teskari natijaga olib kelishi ehtimoli bor.
🔹 Ikkinchi ssenariy — asteroidni butunlay parchalash. Hisob-kitoblarga ko‘ra, taxminan 1 megatonnalik yadroviy portlash 2024 YR4’ni xavf tug‘dirmaydigan bo‘laklarga bo‘lib yuborishi mumkin.
Olimlar asteroid haqidagi ma’lumotlarni yanada aniqlash uchun uning 2028 yildagi yaqinlashishini kutish zarurligini ta’kidlashmoqda.