Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

NASA "Artemida-2" oy missiyasi uchun teskari sanoqni boshladi

NASA "Artemida-2" oy missiyasi uchun teskari sanoqni boshladi

"Orion" kosmik kemasining parvozi AQSh Sharqiy sohili vaqti bilan 1 aprel kuni soat 18:24 ga (Toshkent vaqti bilan 2 aprel tongiga) rejalashtirilgan. Ekipaj 10 kun ichida Oy atrofini aylanib chiqib, Yerga qaytishi kerak.

Floridadagi Kennedi nomidagi kosmik markazning uchish maydonchasiga "SLS" raketa-tashuvchisi va "Orion" kemasi 20 mart kuniyoq o‘rnatilgan edi. Ekipaj tarkibidan Rid Uayzman, Jeremi Xansen, Kristina Kox va Viktor Glover joy olgan. Glover oy missiyasida qatnashadigan ilk afroamerikalik, Kox esa birinchi ayol astronavt bo‘ladi.

Aslida parvoz 2026 yilning martiga mo‘ljallangan edi, biroq 21 fevral kuni NASA texnik sabablarga ko‘ra, raketaning geliy yetkazib berish tizimidagi nosozliklar tufayli startni noma’lum muddatga qoldirgan edi. Bu Qo‘shma Shtatlarning yangi oy dasturidagi ikkinchi bosqich hisoblanadi. Keyingi bosqichda, oradan 50 yildan ko‘proq vaqt o‘tib, insonlar yana Oy yuzasiga qadam qo‘yishi kutilmoqda. NASA’ning yakuniy maqsadi esa Marsga parvozlar uchun oyda baza qurishdir.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!