24 banddan iborat reytingda 2025 yil fevral holatiga ko‘ra, boyligi 419,4 milliard dollarga baholangan Mask dunyoning eng boy odami ekani qayd etilgan. “Amazon” onlayn-savdo tizimi asoschisi Jeff Bezos esa 263,8 milliard dollar bilan ro‘yxatning ikkinchi pog‘onasini band etgan. Kuchli uchlikdan hashamdor mahsulot ishlab chiqaruvchi LVMH kompaniyasi va 238,9 milliard dollar egasi Bernard Arno ham joy olgan. Mislsiz boylar orasida to‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi “Oracle Corporation” asoschisi Larri Ellison (237 milliard dollar) va “Meta” rahbari Mark Sukerberg (220,8 milliard dollarov)ga tegishli.
Oltinni o‘rinda borayotgan mashhur “Google” kompaniyasi ta’sischilaridan biri Sergey Brinning mablag‘i 160,5 milliard dollar ekan.
Gazeta yana bir qiziq ma’lumotni keltirgan: Dunyodagi eng badavlat 24 kishining umumiy boyligi 3,3 trillion dollar. Ulardan 16 nafari 100 milliard dollarlik dovondan o‘tgan.