Bugun 27 fevral, 2025 yil, payshanba

КИР

Eski dollarlar nega qabul qilinmayotganini rossiyalik mutaxassis tushuntirdi

Eski dollarlar nega qabul qilinmayotganini rossiyalik mutaxassis tushuntirdi

So‘nggi paytlarda banklar 1996 yilgacha chiqarilgan eski dollar kupyuralarini qabul qilishdan bosh tortayotgani kuzatilmoqda. Bunga asosiy sabablar quyidagilar:

☑️ Sanksiyalar va cheklovlar – Ilgari banklar eski kupyuralarni chet elga jo‘natib, yangisiga almashtirardi. Hozir esa bu jarayon cheklangan.
☑️ Naqd dollar taqchilligi – Rossiya banklari naqd dollarlar bilan ta’minlashda qiyinchilikka duch kelmoqda, shuning uchun eski banknotalarni qabul qilish ular uchun noqulay.
☑️ Qalbaki pullar xavfi – Eski kupyuralarni qalbakilashtirish osonroq bo‘lgani uchun, ko‘plab davlatlar (Hindiston, Indoneziya, Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari) ularni qabul qilmayapti.

☝️Sayohatga chiqishdan oldin maslahat – Mutaxassislar eski dollarlarni yangilariga almashtirish yoki yevro olib ketishni tavsiya qiladi. Yevro bilan ko‘p davlatlarda muammosiz hisob-kitob qilish mumkin.

Bu haqda "Sinergiya" universiteti katta o‘qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi Kirill Shcherbakov ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:36 26.02.2025. O'qildi: 1516 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!