Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Narkologiya muassasalarida majburiy davolash tartibi belgilab qo‘yildi

Narkologiya muassasalarida majburiy davolash tartibi belgilab qo‘yildi

“Majburiy davolash uchun mo‘ljallangan narkologiya muassasalarida davolash jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami: 3720-son, 06.12.2025 y.).

Ushbu Nizomga ko‘ra, narkologik kasallikka chalingan va sud qarori bilan majburiy davolashga yuborilgan shaxslarning davolash jarayonini tashkil etish tartibi belgilandi.

Bemor muassasaga qabul qilinganidan keyin 5 kun ichida majburiy davolash muddati tibbiy komissiya tomonidan belgilanadi. Komissiya muassasa rahbari va ikki nafar narkolog shifokordan iborat bo‘ladi.

Nizomga ko‘ra, majburiy davolash muddati 18 oydan oshmasligi shart.

Bemorlar quyidagi hollarda muassasadan chiqariladi:

🔷majburiy davolash muddati tugaganda va bemorning klinik holati inobatga olinganda;

🔷davolashga to‘sqinlik qiluvchi og‘ir qo‘shimcha kasalliklar aniqlanganda.

Yangi tartib narkologik bemorlarning majburiy davolash jarayonini huquqiy va tibbiy jihatdan yanada aniqlashtirishga qaratilgan.

Kiritildi: 21:45 10.12.2025. O'qildi: 339 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!