1809 yilda Napoleon Bonapart general Ogyust de Marmonga yuborgan maxfiy maktub 217 yil davomida shifrlangan holda qolgan edi.
Endi esa sun’iy intellekt muhandisi Karter Cherch GPT-6 Astra yordamida maktub shifrini atigi 6 soat ichida ochishga muvaffaq bo‘ldi.
📜 Taxminan 1300 ta belgidan iborat maktubda fransuz va ittifoqchi qo‘shinlarning soni, joylashuvi hamda bo‘lajak harbiy yurish haqida ma’lumotlar bo‘lgan.
AI skan qilingan hujjatdagi belgilarni aniqlab, millionlab ehtimoliy kombinasiyalarni tekshirgan va nihoyat mazmunli fransuzcha matnni tiklagan.
Qizig‘i, maktubda Marmonga dushman qo‘shinlaridan qo‘rqmaslik va hujumga tayyorlanish buyurilgan.
Keyinchalik Marmon Dalmasiyadan chiqib, Napoleon qo‘shinlariga qo‘shilgan. Vagram jangidagi g‘alabadan so‘ng esa Fransiya marshali unvoniga sazovor bo‘lgan.
🧠 Mutaxassislarning aytishicha, shifrni AI'siz ham ochish mumkin edi, ammo bu juda ko‘p vaqt talab qilgan bo‘lardi. 217 yil davomida kriptograflar uni to‘liq yecha olishmagan.