Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namangandagi «gaz-zapravka»da yuk mashinasi yonib ketdi

Namangandagi «gaz-zapravka»da yuk mashinasi yonib ketdi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani yong‘in-qutqaruv xizmatiga 12 sentyabr, payshanba kuni soat 07:43 da «Chustko‘prik» MFYda joylashgan «Isoqxon Ibrat metangaz» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hududida Hyundai porter yuk mashinasida yong‘in bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, yong‘inni bartaraf etishga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linmalar voqea joyiga soat 07:51 da yetib borgan va yong‘in soat 08:00 da to‘liq bartaraf etilgan.

Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Hodisa oqibatida Hyundai porter yuk mashinasining saloni va shinalari yonib zararlangan.

Yong‘inga avtomobilga siqilgan gazni to‘ldirgandan so‘ng gaz shlangi uzilmasdan avtomobilning harakatlanib ketishi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.

Kiritildi: 06:20 13.09.2019. O'qildi: 1938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!