Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Namanganda poyezd Gentra'ni urib yubordi: 6 kishi halok bo‘ldi

Namanganda poyezd Gentra'ni urib yubordi: 6 kishi halok bo‘ldi

Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi temiryo‘l kesishmasida poyezd Gentra’ni urib yuborishidan 6 kishi halok bo‘ldi. YTHdan keyingi holat aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 13 sentyabr kuni Chortoq va Uychi bekatlari o‘rtasidagi qo‘riqlanmagan temiryo‘l kesishmasida sodir bo‘ldi.

Gentra haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda, yaqinlashib kelayotgan poyezd oldidan temiryo‘lni kesib o‘tishga uringan.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» mashinada olti kishi besh ayol va kichik bola bo‘lgani, kuchli to‘qnashuv oqibatida mashinada hech kim omon qolmagani haqida xabar bergan.

Poyezd mashinistlari shoshilinch tormozni qo‘llashgan, ammo fojianing oldini olishning iloji bo‘lmagan. Poyezdga qisman zarar yetgan.

Kiritildi: 22:35 14.09.2025. O'qildi: 1402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!