Bugun 26 noyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda “marixuana” saqlagan fuqaro ushlandi

Namanganda “marixuana” saqlagan fuqaro ushlandi

Namangan viloyatida dalashiyponda 3 kilogramm giyohvandlik moddalari saqlagan 35 yoshli fuqaro ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

5 noyabr kuni Chust tumani Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida shu tumanda yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro dala yer maydoniga qurilgan dalashiyponda nashasimon o‘simlikni saqlab kelayotgani aniqlangan. U yerdan 3 ta sintetik qopda 5 ta kichik yelim paketga o‘ralgan va 3 dona gugurt qutisi ichiga solingan o‘tkir hidli giyohvandlik vositasi topilgan.

Kimyoviy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, tekshirish uchun taqdim etilgan o‘simliklar “marixuana” o‘simligi ekani aniqlangan va ushbu moddalarning sof og‘irligi 3 kilogrammga tengligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 19:22 25.11.2024. O'qildi: 309 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!