Bugun 25 noyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Komil Allamjonovga suiqasd bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Komil Allamjonovga suiqasd bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi, shuningdek, 2 nafariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Bosh prokuratura tomonidan Qibray tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Axborot siyosati departamentining sobiq rahbari Komil Allamjonovga sodir etilgan qotillikka suiqasd qilish bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqdi

Bayonotda ta’kidlanishicha, ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari davomida hodisa sodir bo‘lgan joyni va ayblanuvchilar boshqaruvida bo‘lgan avtomashinalarni ko‘zdan kechirish hamda ular istiqomat qilgan xonadonlarda o‘tkazilgan tintuvlarda ishga aloqador bo‘lgan ashyoviy dalillar aniqlanib olindi.

O‘tkazilgan tergov va tezkor–qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir etishga aloqador bo‘lgan jami 7 nafar shaxs aniqlanib, 5 nafariga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi, shuningdek 2 nafariga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi K.S.ning Qozog‘iston Respublikasida yashiringan manzili aniqlanib, uning ishtirokida tergov harakatlari olib borildi.

Shuningdek, qidiruvda bo‘lgan ayblanuvchi Javlon Yunusov Janubiy Koreya Respublikasida qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstradisiya qilindi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 1294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!