AQShning saylangan yetakchisi Donald Tramp ma’muriyati kelgusi yilning yanvar oyidayoq Ukraina mojarosini hal qilish bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu haqda Fox News telekanaliga Tramp tomonidan milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi lavozimiga tayinlangan Florida shtatidan kongressmen Mayk Uols ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Tramp ma’muriyati mojaroning har ikki tomonini muzokaralar stoliga qanday o‘tkazish haqida qaror qabul qilishi kerak bo‘ladi. Shuningdek, potentsial kelishuv bandlarini muhokama qilish kerak bo‘ladi.
"Mana shu masala bo‘yicha ma’muriyat yanvar oyidan boshlab ishlaydi," - dedi siyosatchi.