Tayvanning sobiq prezidenti Say Inven AQShni orol (Tayvan)ga harbiy madad berish o‘rniga, bor e’tiborni Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratishga chaqirdi. Bu haqda Politico xabar berdi.
«Ular (Qo‘shma Shtatlar) ukrainaliklarga yordam berish uchun bor imkoniyatlarini ishga solishi kerak. Biz (Tayvan)da hali vaqt yetarli», — dedi sobiq prezident.
Say Invenning fikricha, «Ukrainaning g‘alabasi» Xitoyning ehtimoliy bosqinini tiyib turuvchi asosiy omilga aylanadi.