Eron bir oy oldin sodir etilgan portlashlar uchun Isroilga javob tayyorlamoqda. Bu haqda oliy rahbar Ali Xomanaiyning katta maslahatchisi Ali Larijoniy Tasnim axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Harbiy amaldorlar Isroilga javob berish uchun turli strategiyalarni rejalashtirmoqda», dedi Larijoniy.
Eslatib o‘tamiz, 26-oktabr kuni Isroil qiruvchi samolyotlari Eron harbiy ob’ektlariga uchta zarba bergan edi. Isroil va AQSh rasmiylariga ko‘ra, zarbalar Rossiya tomonidan yetkazib berilgan so‘nggi uchta S-300 zenit-raketa majmuasini ishdan chiqargan va mamlakatni «yalang‘och holda» qoldirgan, deb xabar berdi AQSh telekanali Fox News.
Bu, o‘z navbatida, Eron Isroilga qarshi 200 ga yaqin ballistik raketa otganidan bir necha hafta o‘tgach sodir bo‘ldi.