"Bert" bo‘roni Buyuk Britaniyani qamrab olib, yuzlab uylarni suv bosdi.
Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Bo‘ron atigi ikki kun ichida deyarli bir oylik yog‘ingarchilik me’yorini keltirdi. Shamol tezligi sekundiga 37 m ni tashkil etadi.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, Uels janubida tabiiy ofat tufayli 100 dan ortiq turar-joy binolari suv ostida qolgan. Ronda-Kinon-Taf okrugida favqulodda holat rejimi joriy etildi.