Mazkur YTH joriy yil 22 fevral kuni soat 15:10 atrofida Namangan viloyati Uychi tumani Yakkatut mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Lacetti haydovchisi yuqori tezlikda harakatlanib, yo‘lning belgilanmagan qismidan yugurib o‘tayotgan 2014 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan.
Viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, qizaloq og‘ir tan jarohati bilan shifoxonada vafot etgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.