Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Namanganda FVV qutqaruvchilari quduqqa tushib ketgan keksa yoshli onaxonga amaliy yordam ko‘rsatishdi

Namanganda FVV qutqaruvchilari quduqqa tushib ketgan keksa yoshli onaxonga amaliy yordam ko‘rsatishdi



Bugun, 12-sentyabr kuni soat 06:46 da Namangan viloyati FVBga "112" tizimi orqali Chust tumani "Xo‘jaobod" MFY, Muqumiy ko‘chasida joylashgan xonadonlardan birida yashovchi 66 yoshli onaxon o‘zining yashash xonadonida bo‘lgan 4 metrlik quduqqa ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketganligi bo‘yicha xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari tezkorlik bilan voqea joyiga borib onaxonni xavfsiz hududga olib chiqishgan va tibbiyot xodimlariga topshirishgan. Hozirda onaxonning ahvoli yaxshi.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 233 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!