Bugun 12 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Qashqadaryoda Ekopolisiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi

Qashqadaryoda Ekopolisiya xodimlari huquqbuzarlar hujumiga uchradi


11 sentyabr kuni G‘uzorda noqonuniy qum-shag‘al qazib olish holatini aniqlash bo‘yicha reyd vaqtida Ekologiya bosh boshqarmasi tuman bo‘limi boshlig‘i Bahrom Toshpo‘latov hushsiz holda shifoxonaga olib kelindi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u reyd vaqtida huquqbuzarlar hujumiga uchragan. Hozir unga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shuningdek, 6–7 sentyabr kunlari o‘tkazilgan reydda inspektorlarga qarshilik ko‘rsatilib, ulardan biriga tan jarohati yetkazilgan va jarima maydoniga olib ketilayotgan texnika olib qochilgan.

Har ikki holat yuzasidan G‘uzor tuman prokuraturasi va IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Kiritildi: 22:46 11.09.2026. O'qildi: 915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!