Kecha, 3 sentyabr kuni soat 16:55 da Namangan viloyatida 25 metr kubli sig‘im ichiga tushgan 3 nafar fuqaro tozalash va bo‘yash vaqtida hushsiz holga kelib qolganligi haqida FVBga xabar qilingan. Bu haqda viloyat FVB boshqarmasi xabar bermoqda.
Xabarga asosan, hodisa joyiga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida fuqarolar qutqarib olingan va tibbiyot xodimlari bilan birgalikda birinchi yordam ko‘rsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxshi.