Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Namanganda 25 yoshli ishchi elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

Namanganda 25 yoshli ishchi elektr toki urishi oqibatida vafot etdi

Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumanidagi ko‘p qavatli uyda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari chog‘ida yollanma ishchi elektr toki urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yil 25 sentyabr kuni Yangiqo‘rg‘on tumanidagi «Vodiy» MFY Ipakchi ko‘chasida ta’mirlash ishlari olib borilayotgan ko‘p qavatli uyda baxtsiz hodisa yuz bergan. Texnika xavfsizligi yoki mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etilishi yetarli darajada tashkil etilmaganligi oqibatida ob’ektda yollanma ishchi sifatida ishlayotgan Uychi tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroni elektr toki urgan, fuqaro voqea joyida vafot etgan.

Aniqlanishicha, marhumda elektr travma, organizmning umumiy aspeksiyasi, o‘ng qo‘l chap kafti uchi yuzasida elektr tamg‘a ko‘rinishidagi jarohatlar kuzatilgan va ular fuqaroning o‘limiga olib kelgan.

Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:21 29.09.2020. O'qildi: 2430 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!