Namanganda 2024 yili undiruvchilar foydasiga 22,7 mlrd so‘m aliment qarzdorligi undirildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MIBning Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari ish yurituvida voyaga yetmaganlarning moddiy ta’minoti va aliment undiruvi bilan bog‘liq 24 961 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, olib borilgan ijro harakatlari davomida 2024 yilning o‘tgan davrida undiruvchilar foydasiga 22,7 mlrd so‘m miqdoridagi aliment qarzdorligi undirilishi ta’minlandi.
Shuningdek, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlab kelgan 646 nafar qarzdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilib, mazmunan ko‘rib chiqish uchun sudlarga yuborilgan.
Qo‘llanilgan ma’muriy jazodan tegishli xulosa chiqarmay, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 32 nafar qarzdor shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.